8 avgust kuni Xorazmda “Gurvak – Xorazm qovunlari ramzi” nomli tadbir ötkazildi. Bu haqda “Özbekturizm” milliy agentligi sayti orqali axborot berildi.
Uşbu qovun sayli Xivaning Içan Qal'a muzey-qöriqxonasining Köhna Ark maydonida taşkil etildi.
Gurvak – Xorazmda yetiştiriladigan maşhur qovun navi. Ammo festivalda qovunning boşqa navlari, jumladan, qoraqoş, gulobi, noni göşt singarilar namoyiş etildi. Tadbir mehmonlari jami 30 navdagi qovunlarni bir joyda köriş imkoniga ega böldi.
Saylda önlab fermer xöjaliklarining vakillari öz mahsulotlari bilan qatnaşdi. Qovundan taşqari, tarvuz, oşqovoq va boşqa poliz ekinlari, meva va sabzavotlar rastalardan örin oldi.
Saylni xorijlik mehmonlar ham kuzatib borişdi. Jumladan, yaponiyalik turistlar guruhi sayl doirasidagi tadbirlarda faol iştirok etib, Xorazm madaniyati bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega böldi.