Yaqindagina Polşa prezidentligi lavozimiga ötirgan Anjyey Duda NATOni alyansda öz davlatiga Rossiya va Germaniya örtasidagi “oraliq hudud” sifatida qaralişi sabab tanqid qildi. Polyak yetakçisining fikrlari Britaniyaning payşanba kuni çop etilgan "Financial Times" naşrida çop etilgan.

Duda NATOdan yanada aniqroq xavfsizlik kafolati va mamlakat hududida alyans harbiylari sonining oşirilişini söragan.

“Biz “oraliq hudud” bölişni istamaymiz. Biz NATOning haqiqiy şarqiy qanoti bölişni xohlaymiz. Biroq bugun harbiy bazalar joylaşuvi aks ettirilgan xaritaga nazar taşlasak, çegara Germaniya böylab ötgani oydinlaşadi”, deydi polyak yetakçisi.

Uning fikriça, agarda Polşa va boşqa markaziy Yevropa mamlakatlari “NATOning haqiqiy qanotlari bölsa”, harbiy bazalarning uşbu davlatlarda ham joylaştirilişi “tabiiy va mantiqiy” hodisa bölar edi.

Germaniya va NATOning boşqa a'zolari Varşava hamda Şarqiy Yevropa davlatlarining ular hududida alyansning doimiy harbiy tuzilmalari mavjud bölişi kerakligi haqidagi murojaatini inkor etib kelişmoqda. Javob tariqasida esa birgalikda yangi harbiy maşğulotlarni ötkaziş va barça hududlarda harbiy kontingent almaşinuvini amalga oşirişni taklif qilmoqda.