AQŞning Hennessey Performance tyuning-atelesi dunyodagi eng kuçli sedan – 717 ot kuçiga ega Dodge Charger’ga möljallangan ikkita işlanmalar paketini tayyorladi. Ulardan biri 6.2 l li kompressorli V8 motori quvvatini 805 ot kuçiga, ikkinçisi esa 852 ot kuçiga yetkazadi.
Birinçi paket HPE800 deb nomlanadi. U kuç agregati boşqarişning yangi blokini, havo filtrini va kolenval şkivini öz içiga oladi.
HPE850 paketiga esa, yuqoridagilardan taşqari, yangi drossel klapani kirdi.
Uşbu paketlar örnatilganda Dodge Charger SRT Hellcat’ning dinamik tavsifi qanaqa bölişi haqida ma'lumot keltirilmadi.