Business Insider naşri Dubayni sayyoramizdagi reallikdan eng yiroq bölgan joy deb atadi. Buning isboti sifatida 17 ta banddan iborat röyxat keltirilmoqda. Xususan, maqolada aytilişiça, Dubay politsiyasi xizmat avtomobillari sifatida 1,79 mln dollar turadigan superkarlardan foydalanadi.

Bundan taşqari, Dubayda dunyodagi eng serhaşam mehmoxona Burj Al Arab mavjud. Mahalliy mehmonxonalardagi bir kunlik yaşaş narxi köpçilik odamlarning bir yillik daromadidan köproq turadi, deb yozmoqda naşr.

Dubayda, şuningdek, dunyodagi eng baland imorat “Burj-Xalifa” joylaşgan bölib, bu imorat 4 ta jahon rekordçisi hisoblanadi. Şuningdek, Dubayda dunyodagi eng katta aeroport barpo etilmoqda. Bu yerda sun'iy yaratilgan Palma orollarini uçratiş mumkin.

Röyxatdan dunyodagi eng katta savdo markazi Dubai Mall va yanada kattaroq ölçamdagi Mall of The World savdo markazini quriş rejalariga bağişlangan bandlar ham örin olgan. Röyxatga, şuningdek, maşhur Dubai World Cup ot poygalari ham kiritilgan.

Nihoyat, naşr 24 karatli oltindan foydalaniladigan spa-xizmatlar, iste'mol qiliş mumkin bölgan oltin qöşilgan “Qora brilliant” muzqaymoği va 1,3 ming dollardan köproq turadigan “Brilliantlar umrbod” kokteylini ham eslab ötgan.