2015 yilning 1 iyul kuni holatiga köra, qöşni Qirğiziston respublikasi aholisi soni 5 mln 955 ming nafarni taşkil etgan. Ya'ni 2015 yil boşidan buyon Qirğiziston aholisi 59,4 ming kişiga köpaygan va 1 foizlik ösiş qayd etilgan. Bu haqda Qirğiziston milliy statistika qömitasi ma'lum qilgan.

Aniqlik kiritilişiça, nisbatan yuqori ösiş körsatkiçlari Öş va Batkent viloyatlarida röy bergan. Şuningdek, Bişkekda 1,2 foizlik natija qayd etilgan. Eng past körsatkiçlar esa Norin (0,4 foiz) va Issiqköl (0,6 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

2015 yilning yanvaridan iyun oyigaça Qirğizistondagi ZAGS idoralarida 78,6 ming tuğiliş va 17,4 ming ölim röyxatga olingan. Natijalarga köra, 1000 kişi boşiga tuğiliş 20,8 nafarni taşkil etgan.