Hindistonning Assam ştatida çaqmoq zarbidan 7 kişi, jumladan 3 nafar bola halok böldi, 21 kişi jarohat oldi, deb xabar bermoqda IANS agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga köra, çaqmoq Barpet okrugidagi Beki daryosidan keçib ötayotgan odamlari bor qayiqqa kelib urilgan.  

Jarohatlanganlar mahalliy şifoxonaga yetkazilganlar, ulardan 3 nafarining ahvoli oğir qolmoqda.

Avvalroq Bixar va Jarkxand ştatlarida 32 kişi çaqmoq urişidan halok bölgan edi.