Odessada Mixail Saakaşvili va Barak Obamaning antiqa haykali paydo böldi. “Odessa - za porto-franko” jamoatçilik harakatining a'zolari Vorontsov kolonnadasi yonida Odessa viloyati gubernatori va AQŞ prezidentining haqoratomuz haykalini örnatdilar.
Haykal postamentida “Sabakaşvili” deb yozilib, unga galstugini çaynab turgan Mixail Saakaşvilini tizginlab olgan tirjayib turgan Barak Obamaning haykali örnatildi.
“Saakaşvili tentakroq şaxs, buning ustiga amerikaliklar tomonidan tizginlab olingan. Bu haykal ana şularni özida namoyon etadi. Işonamanki, biz uni iste'foga çiqariş yölini topamiz. U özining repressiyalari bilan heç narsaga erişa olmaydi”, deb aytdi harakat yetakçisi Aleksey Tsvetkov.
Haykalni körib qolgan pensioner ayol politsiyaçilarni çaqirtirdi. Politsiyaçilar haykalni zudlik bilan olib taşlaşdi.
“Odessa - za porto-franko” faollari Mixail Saakaşvilining Odessa gubernatori lavozimidan ketişini va viloyat ma'muriyati raisi saylov orqali tayinlanişini yoqlab çiqişadi.






