Çimkentlik rejissyor Şapoğat Örinboyev bir paytlar maşhur bölgan “Yeralaş” telejurnalining qozoqça variantini suratga olmoqda, deb xabar beradi TVK.
Bolalar hajviy seriali Asia International modellik maktabi tomonidan moliyalaştirilmoqda. S'yomkalarning birinçi kuni mahalliy akvaparkda bölib ötdi, unda 4-18 yoşdagi 25 aktyor iştirok etdi.
Yangi hajviy serialga hozirça nom qöyilmadi. Ta'kidlanişiça, körsatuv asosan qozoq tilida böladi.
Telejurnalning ön daqiqalik sonlar haftasiga bir marotaba çiqariladi. Birinçi son bir oydan söng tayyor bölişi aytilmoqda.
Qozoğiston öz “Yeralaş”ini yaratadi
23:25 / 17.08.20153 0161 min






