“Ansor Alloh” harakati tarafdorlari – husiyçilar Birlaşgan Arab Amirliklarining Yamandagi elçixonasini bosib oldi. Bu haqda BAA Taşqi işlar vazirligi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“BAAning Yaman poytaxti Sanodagi elçixonasining husiyçilar guruhi tomonidan bosib olinişini qat'iyan qoralaymiz”, deb aytilmoqda vazirlikning bayonotida.

Vazirlikning ma'lumotlariga köra, voqea 16 avgust kuni keçki payt yuz bergan.

Elçixonaning barça xodimlari köçaga haydab çiqarilgan va içkariga kiritilmayapti.

BAA jangarilarning binoni böşatişlarini talab qilmoqda va özlarida “bosqinçilarni javobgarlikka tortiş” huquqini saqlab qolişlarini ma'lum qildi.

“Bu harakatlar uni amalga oşirgan guruh xalqaro kelişuvlar va diplomatik me'yorlarga heç qança ahamiyat bermasligi va “jungli qonunlari” böyiça yaşaşining yana bir karra isboti böldi”, deb ta'kidlanmoqda vazirlikda.

BAA hukumati husiyçilarning bunday harakatlari 1961 yildagi diplomatik aloqalar haqidagi Vena konvensiyasi va 2014 yilda qabul qilingan BMT Boş assambleyasining 69/121 rezolyutsiyasinining buzilişi deb hisoblamoqda.