14 avgust kuni Pokiston mustaqillikka erişganining 69-yilligini nişonladi.
Uşbu kunda Islomobodda 31 marta, viloyatlar markazlarida 21 marta töplardan otildi. Sana munosabati bilan odamlar köçalarga milliy bayroqlar bilan çiqişdi. Ekspertlarning ta'kidlaşiça, oxirgi ön yil içida uşbu bayram bu qadar keng miqyosda nişonlanmagan edi.
“Mustaqillik kuni butun mamlakatda, Haybar vodiysidan federal boşqaruvdagi qabilalar hududigaça bayram qilindi”, – deyiladi Mashriq gazetasida.
Mahalliy jurnalistlarning fikriça, mustaqillik bayramining bu qadar keng nişonlanişi köp jihatdan terrorçilik ustidan qozonilgan ğalaba bilan boğliqdir. Ta'kidlanişiça, hukumat mana kuraşdagi yutuqlarini mustaqillik bilan boğlaşga harakat qilmoqdalar.
“Ön yildan söng köçalarga rekord miqdordagi odam çiqdi, va bu terrorçilarning umurtqasini sindirgan “Zarbi Azb” harbiy amaliyoti şarofatidir”, – deyiladi Mashriq’da.
Mustaqillik kuni bilan millatga yöllangan murojaatida prezident Mamnun Husayn hukumat xavfsizlik va mudofaa işidan pul ayamasligini va terrorçilikning ildizini quritişda davom etişini va'da qildi.
“Bu kampaniya tahdid butunlay yöq qilinmaguniga qadar davom etadi, va butun xalq terrorçilikka qarşi e'lon qilingan uşbu kuraşda hukumat va harbiy kuçlarni qöllab-quvvatlamoqda”, – ta'kidlab ötdi u.






