Madridning «Real» klubi Italiyaning «Inter» jamoasi yarimhimoyaçisi Mateo Kovaçiçni öz safiga qöşib oldi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar qoldirilgan.

21 yoşli yarimhimoyaçi klub bilan 6 yillik şartnomaga imzo çekkan. Futbolçi ertaga madridlik muxlislar oldida taniştiriladi.

Eslatib ötamiz, oldinroq, «Real» futbolçi uçun 28 million yevro va 7,5 million yevro bonus körinişidagi mablağ taklif qilayotgani haqida xabar tarqatilgandi.

Agar Kovaçiç joriy mavsumda «Real» tarkibida 20ta uçraşuvda maydonga çiqsa 2,5 mln, ikki mavsumda 40ta uçraşuv ötkazsa esa yana qöşimça 5 mln. yevro «Inter» hisob raqamiga ötkazib beriladi.