Joriy yilda avvalroq AQŞning Patent byurosi Boeing kompaniyasidan “suq transportiga tez aylanuvçi havo kemasi”ga patent oliş uçun ariza olgan edi. Boşqaça aytganda, Boeing suv osti kemasiga aylanuvçi masofadan boşqariluvçi dronga patent oldi. Quyida uning qanday işlaşi keltirib ötilgan.

Boeing ğoyasiga köra, dron kerakli joyga maxsus samolyot-taşuvçida yetkaziladi. Şundan keyin dron undan ajralib, özi mustaqil parvoz qilişda davom etadi. Bunda agar zaruriyat paydo bölsa, u suv ostiga şönğişi mumkin böladi.

Dron vazni kamayişi va gidrodinamik xususiyatlari yaxşilanişi uçun suvga şönğigandan keyin portlovçi boltlar va suvda eruvçi yelim hisobiga qanotlari va parraklaridan ayriladi. Ular örniga suv ostida harakatlaniş uçun propeller va rul paydo böladi.

Kompaniya vakillarining ta'kidlaşiça, dron havoda ham, suvda ham bitta dvigateldan foydalanadi. Bu dvigatelning körsatkiçlari oşkor qilinmayapti.

Dron suv ostida özidagi foydali qurilmalar – ta'minlaş jihozlari va qurolni yoza oladi. Bundan taşqari, drondan suv osti razvedkasida foydalaniş mumkin. Dron suv osti rejimida şönğiş çuqurligini nazorat qiliş uçun içki örnatilgan ballast sisternalardan foydalanadi.

Dron suv ostida öz vazifasini bajargandan keyin suv yuzasiga qalqib çiqib, yiqqan ma'lumotlarini boşqa dronlarga yoki qömondonlik punktiga uzatadi.

Köpçilik patentlar kabi bu dron ham hozirça faqatgina qoğozdagi bir ğoya bölib, hali röyobga çiqarilmagan. Biroq agar Boeing bu ğoyasini oxirigaça puxtalik bilan yetkazib, uni işlab çiqarişni boşlasa, unga albatta xaridorlar topilişi mumkin.