Audi kompaniyasi özining birinçi elektr krossoveri – e-tron quattro dizaynerlik suratlarini namoyiş etdi. Uşbu prototip sentabr oyida Frankfurt avtosalonida taqdim etiladi.
Yangi avtomobilning ğildiraklar bazasi hajmi Audi Q5 (2807 millimetr)nikiga qaraganda kattaroq, Q7 (2994 millimetr)ga insbatan kiçikroq böladi.
Avtomobil kuzovning old, orqa va bort qismlari faol aerodinamik unsurlar bilan ta'minlangan.
Prototip qança ot kuçiga ega ekanligi noma'lum bölsa-da, uning bir martalik quvvat bilan 500 kilometrdan ziyod masofani bosib ötişi xabar qilingan.
Audi e-tron quattro yoritiş tizimi organik yoruğlik diodlari (OLED) bilan ta'minlangan duyondagi birinçi avtomobil bölişi aytilmoqda.
Yangi elektromobilning Q6 deb nomlanişi haqidagi xabarlar nemis markasi rahbarlari tomonidan tasdiqlangan.
Audi Q6 ning Tesla Model X krossoveriga asosiy raqobatçi bölişi kutilmoqda.






