Kingston universiteti professori Uill Bruker bir yil muddatga taniqli rok ijroçisi Devid Boui qiyofasiga kirişga qaror qildi. Bu haqda The Huffington Post naşri yozmoqda.
Bruker artist obraziga tölaligiça kirmoqçi. U nafaqat kiyiniş va soç turmagini özgartiradi, balki qöşiqçi öqiydigan kitoblarni öqiydi, u körgan filmlarni köradi. Bundan taşqari, olim Boui yegan ovqatlar bilan oziqlanmoqçi, jumladan, artist 1974 yili tutgan qalampir va sutdan iborat parhezni sinab körmoqçi. Qöşiqçining hayot uçun xavfli xatti-harakatlari bundan mustasno.

Boui qiyofasidagi bir qança suratlarini Bruker Twitter’da e'lon qildi. 45 yoşli olimning aytişiça, bu unga maşhur artistni yaxşiroq tuşunişga yordam beradi.






