Yangi öquv yilidan boşlab Çeçenistonda 26ta ta'lim muassasasi, jumladan, Şimoliy Kavkazdagi yirik xususiy maktab faoliyati yölga qöyiladi.

Şu bilan birgalikda, Grozniyda 240 öquvçiga möljallangan xususiy ta'lim markazi ham işga tuşadi. 13 ming kvadrat metr maydonda öquv binolari bilan birga, mini futbol, voleybol va basketbol maydonçalari ham örin egallaydi.

Çeçeniston ta'lim vaziri Movldi Usmanovning ta'kidlaşiça, hududdagi 450ta maktabning 311tasida darslar hamon ikki smenada olib boriladi. 56tasi esa kuniga uç marta öquvçilarni qabul qiladi. Bularning barçasi demografik vaziyat bilan boğliq bölib, har yili 25-30ta maktab oçilişini taqozo etadi.