LG Electronics kompaniyasi audio va videotexnika böyiça Yevropa jurnallari uyuşmasidan (EISA) törtta mukofot oldi. OLED televizor tört yildan buyon, G seriyasi smartfonlari esa ikki yildan buyon mukofotlanmoqda.
EISA mukofotlari har yili Yevropaning 20 mamlakatida multimedia haqida çiqariladigan 50 naşr vakillari qarori bilan topşiriladi. Mahsulotlar qöllanilgan texnologiyalar, dizayn va joriy qilingan innovatsiyalarga köra baholanadi.
4K OLED televizorning 65EG960V modeli uy kinoteatrlari uçun televizorlar kategoriyasida ğolib böldi. Uning asosiy yutuği sifatida 65 dyuymli ekrani baholandi. Art Slim dizayni esa televizorning taşqi körinişini yanada yaxşilab, u örnatilgan uyni bezaşga xizmat qiladi.
2015-2016 yillarda eng yaxşi Smart televizor sifatida 65 dyuymli Super UHD televizori (65UF950V modeli) webOS 2.0 platformasida işlaydi.
LG G4 smartfoni 16 megapikselli 1.8 diafragmali, OIS tasvirni optik stabillaştiriş tizimiga ega kamerasi tufayli “Yevropaning eng yaxşi kamerofoni” nominatsiyasida ğolib deb topildi. Jyuri ayniqsa telefonning IPS Quantum displeyini yuqori baholab, uning mahsulotni boşqa turdoş işlanmalardan farqlab turişiga e'tibor qaratişdi.
Android Wear dasturiy ta'minotida işlaydigan LG Watch Urbane soatlari Yevropaning eng yaxşi taqiluvçi gadjyeti deb topildi. Uning 1.3 dyuymli P-OLED displeyi 320X320 pikselli bölib, bir dyuymga 245 piksel töğri keladi. Soat 1.2 GGts çastotali Qualcomm Snapdragon™ 400 protsessorida işlaydi, şuningdek, u 4 Gb xotira bilan ta'minlangan.
“Bozorning eng hurmatli ekspertlari mahsulotlarimizni yuqori baholaganidan juda xursandmiz, – dedi LG Home Entertainment kompaniyasi prezidentining birinçi örinbosari hamda televizorlar va monitorlar bölinmasi boşliği In-kyu Li. – Biz özimizning iste'mol texnologiyasi sohasidagi xalqaro yetakçi brend sifatidagi pozitsiyamizni mustahkamlaşda davom etamiz. Maqsadlarimizga erişişimizda Yevropadagi muvaffaqiyatlar hal qiluvçi ahamiyatga ega”.