Qozoğiston avtodilerlari maşina sotişni töxtatişdi. Tengrinews resursining xabar berişiça, ayni paytda maşina narxlari dollarning amaldagi kursiga köra qayta baholab çiqilmoqda.

Sotuvlarni “Astana-Motors”, Allur Auto va “Bipek Avto” kompaniyalari töxtatdi. Ular yopilgan paytda AQŞ valyutasining narxi 255.26 tengeni taşkil qildi.
Ötgan çorşanba Qozoğiston fond birjasida dollar savdosi tugaganida 1 dollar 197.9 tengega teng edi. Şu tariqa, dollar kursi 28.9 foizga oşdi.

Eslatib ötamiz 20 avgust kuni mamlakat rahbariyati tengening “suzuvçi” kursga ötişini e'lon qilganidan söng Qozoğiston milliy valyutasi dollarga nisbatan keskin tuşa boşladi. Bugun banklarda dollar 259 tengega sotildi, bu bir kun oldingidan 60 tengega köproqdir.