Har kuni 60 ta fermer xöjaliklaridan Nestle Uzbekistan zavodiga sut yiğiladi va u keyinçalik dasturxonimizga yetib keladi. Lekin bundan oldin sut tekşiriş, tozalaş va qayta işlaşning 16 ta bosqiçidan ötadi. Yanada avvalroq fermerning keçayu kunduz deyarli töxtamay qilgan mehnati ham bor.
Atigi ikki yil avval fermalar soni ikki baravar kam bölib, qabul punktlarida sut xususiy fermerlardan ham yiğib olinar edi. Bugungi kunda yirik fermer xöjaliklariga tayanilmoqda, ular yuqori sifatli sut yetkazib berişni ta'minlay olişadi. Sut bir neça daqiqadan keyin Tetra Brik Aseptic aseptik öramlariga «kiradi», bu Farğona mahsuldor sigirlarining tabiiy sutidagi barça foydali sifatlarni saqlaş imkonini beradi.
Golştin-friz — çiroyli, baland böyli, boşlari nozik, vazni 650 kg. dan oşiq oq-qora sigirlar. Bu zot taşqi şaroitlarga juda yaxşi könikadigan, injiqligi yöq, yaxşi qaralsa ortiqça ovoragarçilik keltirmaydi. Sutining yoğliligi — 3,8%. Ola-sariq çex simmental zotili sigirlar suti jahonda eng yuqori sifatli hisoblanadi va uni sut mahsuloti işlab çiqaruvçi eng ilğor konsernlar sotib oladilar. Sutining yoğliligi — 4,5%. Örta hisobda har bir sigir kuniga 30 litrgaça sut beradi, eng mahsuldorlari 35-40 litrgaça berişadi.
Soğişdan avval sigirlarni maxsus soğiş zaliga olib kirişadi va zarraça ham ğubor tuşmasligi uçun yelinini, albatta, yaxşilab yuvişadi. Fermada tozalikka talab juda baland va bu iqtisodiy tomondan ham muhim: agar Nestle Uzbekistan kompaniyasi sutni qabul qilmasa, uni heç qayerga berib bölmaydi, çunki bunday yirik xöjaliklar faqat Nestle Uzbekistan zavodi bilan işlaydi. Barça sut haroratni doimiy ravişda +4 darajada uşlab turuvçi maxsus sovutgiç uskunaga yiğiladi.
Fermada yil böyi veterinarlar işlaydi. Sigirlar bolalaydi, emlanişadi va davolanadilar. Sigirlar nihoyatda bebaho bölganligi uçun ularni birortasi ham kasal bölmasligi kerak. Şunisi ham muhimki, emlangan sigirlar suti barça dorilar organizmidan çiqib ketgunça, ikki-uç haftagaça karantinga tuşadi. Bu iste'molçi uçun juda muhim. Diyetolog va şifokorlar tarkibida veterinar antibiotiklari mavjud bölgan mahsulotlarni iste'mol qilmaslikni ta'kidlaşadi. Bu ayniqsa, gentamitsin moddasiga tegişli. Bu dorilar organizmda yiğilib, kasallik paytida inson organizmini antibiotiklarga bölgan reaksiyasini özgartirişi yoki bundan ham xavfli salbiy natijalarga olib kelişi mumkin. Nestle Uzbekistan kompaniyasi bilan hamkorlik qiladigan fermer xöjaliklarda bu karantinga juda ham jiddiy e'tibor beriladi. Agar zavod laboratoriyasida sutdan antibiotik topilsa, uşbu sut partiyasi xöjalikka qaytarib beriladi. Bunday sutni odatda buzoqlarga berişadi, bu ular uçun ona suti bilan berilgan emlaşning bir turi desa ham böladi.






