Sony kompaniyasining kompyuter biznesi negizida şakllantirilgan VAIO Corporation kompaniyasi VAIO brendini xalqaro bozorga qaytarmoqçi. Bu haqda korporatsiya rahbariyatidan olingan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda Wall Street Journal naşri xabar bermoqda.
Sony korporatsiyasi VAIO kompyuterlari işlab çiqariş böyiça biznesini ötgan yili Japan Industrial Partners investitsion jamğarmasi sotib yuborgan.. Jamğarma sotib olingan aktiv negizida yangi VAIO kompaniyasini şakllantirdi. Kompaniya xalqaro kompyuter savdolarini töxtatib, barça e'tiborini yapon bozoriga qaratdi.

Biroq hozir xabar berilişiça, VAIO öz biznesini kengaytirişni rejalaştirmoqda. Joriy yilning oktabrida kompaniya AQŞda portativ kompyuterlar sotişni boşlaydi. Kompyuterlar Microsoft çakana savdo dökonlari orqali sotiladi.
VAIÖning xalqaro bozordagi birinçi qurilmasi Z Canvas modeli böladi. Bu gadjyet özidan transformatsiyalanuvçi planşetni namoyon qilib, uni noutbuk sifatida ham işlatiş mumkin. Qurilma 4 yadroli Intel Core i7 protsessori, körsatiş qobiliyati 2560 × 1704 piksel va rang fazosini 95 foiz qamrab oluvçi 12,1 dyuymli displey bilan jihozlangan. Qurilma 16 Gbaytgaça tezkor xotira bilan jihozlanişi mumkin. Doimiy xotira 1 Tbaytni taşkil qiladi. Gadjyet ajraluvçi klaviatura bilan butlanadi.






