Neft narxi 19 avgustda AQŞ neft zaxiralarining özgarişi haqidagi haftalik statistikaning çop etilişiga nisbatan salbiy özgarişni namoyon qildi. Bundan savdolardan olingan ma'lumotlar darak bermoqda.

Moskva vaqti bilan soat 19:43 da Brent neftining oktabr fyuçerslari narxi 3,21 foizga, ya'ni 47,25 dollargaça, WTI nefti 4,06 foizga, ya'ni 41,37 dollargaça tuşib ketdi. WTI neftining sentabr fyuçerslari 4,38 foizga, ya'ni 40,83 dollargaça tuşib ketdi va 2009 yil 4 martdagi minimum narxni yangiladi.

AQŞ Energetika vazirligi mamlakatdagi tijorat uçun möljallangan neft zaxirasi 14 avgustda tugagan hafta içida kutilmaganda 2,6 mln barrelga, ya'ni 456,2 mln barrelgaça oşganini ma'lum qilgan edi. Tahlilçilar aksinça neft zaxiralarining 777 ming barrelgaça kamayşini kutayotgan edilar.   

“Bu barçani ğaflatda qoldirdi. Men bu hisobotdan heç qanday yaxşi narsani körmayapman”, deb aytdi brokerlardan biri Skott Şelton.