Hurun Research Institute talqini böyiça, Xitoyning eng badavlat odami deb 40,6 mlrd dollarga (260 mlrd yuanga) ega Dalian Wanda Group quriliş kompaniyasining rahbari Van Tszyanlin topildi. Bu haqda South China Morning Post naşri xabar bermoqda.
Xitoyning eng badavlat odamlari reytingiga köra, Tszyanlinning davlati bir yil içida 2 barobarga ortdi.
2-örinni 30 mlrd dollardan köproq davlatga ega bölgan Cheung Kong Group davlat kompaniyasi boşqaruv raisi Li Tszyaçen egallamoqda.
3-örinda Alibaba rahbari Jyek Ma joylaşgan. Uning boyligi 25,8 mlrd dollarga baholanmoqda.
Uşbu reytingga boyligi 2 mlrd yuandan (310 mln dollardan) köproq mablağga ega şaxslar kiritildi.






