Mustaqillik bayrami arafasida Namangan şahridagi Konstitutsiya xiyobonida yangi favvora qurildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” naşri yozmoqda.
Aytilişiça, uşbu obekt “Sfera dizayn quriliş” MÇJ tomonidan qurilgan bölib, jarayonda Turkiya, Xitoy va Janubiy Koreyadan keltirilgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan. Favvora suvni 18 m balandlikka çiqaradi.
Şahar obodonlaştiriş boşqarmasi uşbu obekt qurilişiga 450 mln söm sarfladi. Favvoraning oçiliş marosimida viloyat hokimi, Senat a'zosi Bahodir Yusupov, şuningdek, uning örinbosarlari Habibullo Matkarimov, Manzuraxon Azizova va şahar hokimi Bahodir Bekxöjayevlar iştirok etişdi.
Oçiliş marosimi doirasida iştirokçilar uçun bayramona konsert dasturi uyuştirildi. Unda xalq tanigan xonandalar öz çiqişlari bilan qatnaşişdi.






