Qozoğiston tengesi öz pozitsiyasini bir oz mustahkamladi. Payşanba, 20 avgust kuni erkin suzuvçi valyuta kurslari tizimiga ötilgani haqida e'lon qilinganidan söng dollar narxi 255-260 tengega kötarilgan edi.

Bugun, 21 avgust kuni esa Qozoğiston fond birjasi (KASE)da uning narxi pasayib, 240 tengega tuşgan. Ayni paytda valyuta almaştiriş şoxobçalarida dollar bahosi 241-242 tengeni taşkil etmoqda.

Dollar bahosining keskin kötarilişi valyuta ayirboşlaşni istovçi fuqarolar sonining ortişiga sabab böldi. Poytaxtdagi şoxobçalar tahlilçilarning dollar narxi 380 tengega kötarilib ketişi mumkinligi haqidagi başoratlariga işongan aholi bilan tölgan.

Mahsulotlar narxining keskin kötarilişi esa faqatgina xöjalik va kompyuter texnikasi dökonlarida kuzatilgan. 20 avgust kuni köplab dökonlar mahsulotlar narxini olib qöygan bölsa, ayrimlari narx-navoni tekşirib oliş uçun faoliyatini vaqtinça töxtatgan.