Rossiya rublining dollar va yevroga nisbatan qadrsizlanişi Sobiq Ittifoq davlatlari valyutasining devalvatsiyasiga olib keladi. Bunga uşbu davlatlarning Rossiya bilan yaqin savdo-iqtisodiy aloqalari sabab bölmoqda, deb ma'lum qilmoqda Bloomberg agentligi.

Agentlik ekspertlarining fikriça, Qozoğiston tengesidan keyin arman drami ham qadrsizlanişi mumkin. 2014 yilda rubl 46 foizga qadrsizlangan bir paytda Armaniston milliy valyutasi 15 foizga arzonlaşgan edi.

Öz navbatida, tengening qadrsizlanişi Tojikiston va Turkmaniston milliy valyutalarining qadrsizlanişiga sabab bölişi mumkin. Xususan, tojik somonisi 10-20 foizga arzonlaşişi mumkin. Agentlik, şuningdek, qirğiz somining ham qadrsizlanişini başorat qilmoqda.

Saudiya Arabistoni riali va Nigeriya nayrasi ham 20 foiz atrofida devalvatsiya bölişi mumkin. Agentlik bunga neft narxining pasayişi sabab bölişini aytib ötgan.