Navbatdagi uikendda ham futbol muxlislari Yevropa maydonlari havosidan bahra olişda davom etişadi. Bugun Yevropada "kuçli beşlik"ning yana biri, Italiya A seriyasi ham start oladi. Italiyada "zebrasimon" liboslari bilan maşhur "Yuventus" va "Udineze" özaro öynasa, Angliyada gegemonlikka da'vo qilayotgan "Mançester Siti" özi uçun noqulay raqib "Everton" bilan hisob-kitob qiladi. Angliyada nafaqat turning, balki birinçi davraning eng şiddatli uçraşuvi bölişi kutilayotgan "Arsenal" va "Liverpul" bahsi ham şu haftaga belgilangan. Şuningdek, muxlislar Ispaniyada "Atletik" va "Barselona"ning navbatdagi qarama-qarşiligiga guvoh bölişlari mumkin. Italiyadagi yana bir muhim bahsda yangi mavsum oldidan sezilarli ravişda kuçaygan "Milan" "Fiorentina"ga safar qiladi.
"Yuventus" -"Udineze"
23 avgust, soat 21:00 NTV+ Futbol 3
"Zebralar derbisi" maqomidagi uşbu uçraşuvda ayni damda haddan taşqari kuçi körinayotgan "Yuventus" Di Natale sardorligidagi "Udineze"ni qabul qiladi. Turinliklar yozgi transferlar paytida istagan futbolçisini sotib olmoqda. Şu vaqtgaça, jamoaga Dibala, Manjukiç, Xedira, Zaza, Neto, Rugani, Aleks Sandro kabi futbolçilar kelib qöşilişgan. "Udineze" esa deyarli jiddiy xaridlar amalga oşirmadi. Jamoa ötgan mavsum söngida ketma-ket 4ta mağlubiyat qayd etgandi.
"Fiorentina" - "Milan"
23 avgust, soat 23:45 NTV+ Futbol 1

Ötgan mavsumda juda qoniqarsiz natija qayd etgan "Milan" birinçi navbatda boş murabbiyni almaştirdi. Filippo Inzagi örniga "Sampdoriya"dan Sinişa Mixayloviç olib kelindi. Jamoa tarkibi yozgi transferlar vaqtida Bakka, Matri, Luis Adriano kabi futbolçilar bilan boyitildi. Birinçi turda Menez, Nyang va Mekses kabi futbolçilar jarohat tufayli iştirok eta olişmaydi. "Fiorentina" esa boş murabbiy Montellaga işonç bildirişda davom etadi. Jamoa ötgan mavsumlardagi asosiy yetakçilari Xoakin, Paskual, Borxa Valero, Iliçiç va Rossi kabilarni öz tarkibida saqlab qolgan.
"Atletik" - "Barselona"
23 avgust, soat 21:30 NTV+ Futbol 2

"Atletik" va "Barselona" jamoalari örtasida avgustning ikkinçi yarmidagi uçinçi töqnaşuv ertaga, "San Mames" öyingohida bölib ötadi. Oxirgi 2 uçraşuv natijasiga köra basklar 5:1 hisobidagi ustunlikka ega bölişgan. "Atletik Bilbao"da 34 yoşli Arits Aduris özining ikkinçi yoşligini ötkazayotganini hisobga olgan holda "Barselona"ga uçinçi öyin ham oson bölmasligini taxmin qiliş mumkin. Qolaversa, jamoaning himoya çiziği butunlay kuçsizlangan. Alba va Duglas jarohat tufayli, Pike va Mate diskvalifikatsiya tufayli maydonga tuşa olmaydi. Neymar ham hujumdagi şeriklariga jarohat tufayli yordam bera olmasligi oydinlaşgan. Uning örnini bilintirmasligi mumkin bölgan Pedro esa 2 kun oldin "Çelsi"ga sotib yuborildi.







