Namangan şahrida 22-23 avgust kunlari 55-marotaba an'anaviy gul bayrami bölib ötadi. Bu haqda şahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Bobur nomli madaniyat va istirohat boğida bölib ötadigan uşbu tadbirda mahalliy işlab çiqaruvçilar, havaskor gulçilar va san'atkorlar qatnaşadi.

Gul bayrami tadbirlari şahar markazidagi Tinçlik stelasi qarşisidagi ramziy darvoza oldida boşlanadi.

Bayram doirasida mahalliy işlab çiqaruvçilarning mahsulotlari, milliy va dunyo taomlari festivali, kiyim-keçak dizayni körigi, san'atkorlar körik-tanlovi, gul yetiştiriş böyiça alohida nominatsiyalar böyiça tanlovlar ötkaziladi.