Turkiya Suriya bilan çegarasi böylab 45 km lik beton devor qurişni boşladi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.
Turk OAVlarining ma'lumotlariga köra, ayni paytda Turkiyaning Suriya bilan çegarasida eng muammoli punkt bölgan Xatay viloyati Rayhonli şahrida 12 km lik tösiq barpo etildi.
Rasmiy turk şaxslari bunga izoh berişdan boş tortdilar. Oxirgi vaqtda Turkiya jangarilarning öz hududiga kirişining oldini oliş maqsadida Suriya bilan çegarasida xavfsizlikni kuçaytirişni faollaştirdi.






