Malayziya va Tainland çegarasida qul savdogarlarining 20 nafardan ortiq qurbonlari kömilgan qabriston aniqlandi. Bu haqda The Star naşrida yozilgan.
Taxminlarga köra, marhumlar zöravonlik va oçlik tufayli halok bölişgan. Ular Bangladeş fuqarolari bölgani taxmin qilinmoqda.
Ma'lum qilinişiça, bu qabrlar kuçli yomğir tufayli oçilib qolgan.
Şu yilning may oyida ham Malayziyada qul savdogarlari qarorgohi yaqinida 140 nafardan ortiq jasad kömilgan qabriston borligi aniqlangandi. Öşa oyda qöşni Tailandda ham kiçikroq şunday qabriston topilgan.






