Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko qamoqqa olingan va Ğarbda siyosiy mahbuslar deb qaralayotgan 6 nafar muxolifatçini ozod qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ozod qilinganlar içida 2010 yilda Lukaşenkoga prezidentlik saylovlarida raqiblik qilgan Nikolay Statkeviç ham bor. Şu yilning 11 oktabr kuni Lukaşenko beşinçi bor prezidentlikka saylanişni niyat qilmoqda.
Önlab tarafdorlari bilan birga ommaviy tartibsizliklar uyuştirişda ayblanib qamoqqa olingan 59 yoşli Statkeviç siyosatdan ketmoqçi emasligini ma'lum qildi.
“Men ilgari qilgan işimni davom ettiraman, Belarus ozod bölişiga intilaman. Lekin yaqin bir neça kun davomida men erkin osmonga könikişim kerak”, - dedi siyosatçi şanba kuni uni vokzalda kutib olgan tarafdorlari va jurnalistlarga.
Muxolif harakat faollarining katta qismi 2012 yildayoq afv etilganiga qaramay, Ğarb eng oxirgi mahbus ozod qilinmaguniga qadar Belarus bilan aloqalarni muzlatib qöyişini ma'lum qilgan edi.
“Menimça, diktaturaning pul tugadi, endi ular özlarini demokrat qilib körsatadi”, - qöşimça qildi Statkeviç.






