Ukrainaning Odessa viloyati Artsiz tumanida ovçi it tasodifan öz egasini miltiqdan jarohatlab qöydi, deb xabar bermoqda Interfaks axborot agentligi.
Itning 38 yoşli egasi ovdan keyin avtomobilga ötirayotganda miltiğini yoniga qöyib qöygan. Bu lahzada uning iti maşina saloniga sakrab kirgan va oyoği bilan miltiqning tepkisini bosib yuborgan. Buning oqibatida miltiq otilib ketgan va erkakning öng yelkasini şikastlagan.
Voqea baxtsiz hodisa deb tasniflangan. Tergov olib borilmoqda.






