Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasida Germaniyaning Broadcast Solutions kompaniyasi mutaxassislari iştirokida amaliy anjuman bölib ötdi. Anjumanda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasida televizion körsatuvlarni efirga HD formatda tayyorlaş va uzatişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Anjuman iştirokçilari interfaol rejimda harakatlanuvçi televizion stansiyalarning suratga oliş va efirga uzatiş qurilmalari rivojlanişining istiqbollarini körib çiqdilar.
Ötkazilgan tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik ötişga doir davlat dasturi töğrisida”gi qarorida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oşirişda hamda Özbekiston MTRK texnik va ijodiy xodimlarining bilimlari va kasb malakalarini oşirişda amaliy ahamiyatga ega böldi.
Broadcast Solutions kompaniyasi mediaboşqaruv va yöldoşli aloqa, video va audio tizimlarni öz içiga oluvçi zamonaviy televizion qurilmalar işlab çiqariş böyiça Yevropada yetkaçi örin egallaydi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan kompaniyaning harakatlanuvçi televizion stansiyalari jahonning köplab televizion taşkilotlari tomonidan samarali ravişda işlatib kelinadi.






