Audi kompaniyasining Germaniya hududida avtomobillar savdosi bilan şuğullanuvçi bölinmasi 2007 yilda işlab çiqarilgan A3 kabrioletini olti eşikli oçiq limuzinga aylantirdi. Maşina AudiSommer («AudiYoz») promo-aksiyasi doirasida yasaldi.

Avtomobilning texnik xususiyatlari noma'lum. Kabriolet taşqi tomoni sport maşinalaridan old va orqa qismi bilan farqlanuvçi S-paket va 17-dyuymli ğildirak diskalari bilan ta'minlangan.

Audi Deutschland vakilining Feysbukdagi izohidan ma'lum bölişiça, avtomobil faqat bitta nusxada işlab çiqilgan. Uni sotiş rejasi esa aniqlaştirilmagan.
Audi A3 xetçbekining ikkinçi avlodi 2003 yildan 2012 yilga qadar işlab çiqarilgan. Nemis kabriolet markasi esa 2008-2012 yillarda işlab çiqarilgan.
Yangi avlod A3 avtomobillari 2012 yil kuzidan buyon işlab çiqarilmoqda.