Cingapur prezidenti Toni Tan mamlakat parlamenti tarqatib yuborilgani haqida ma'lum qildi.

Reyter naşrida yozilişiça, prezident parlamentni boş vazir Li Syanlunning maslahatiga köra tarqatib yuborgan.

Yaqin vaqt içida navbatdan taşqari parlament saylovlari ötkaziladigan kun haqida e'lon qilinadi.

Eslatib ötamiz, şu yilning 9 avgustida mamlakat mustaqilligining 50 yilligi nişonlangandi.