Google kompaniyasi AndroidPay tölov tizimini AQŞda 26 avgustdan işga tuşirmoqçi. Bu haqda Android Police naşri xabar bermoqda.
Bu haqda rasmiy axborot berilmagan. Biroq tizimning işga tuşirilişi sanasi haqida McDonald's tamaddixonalar tarmoği xodimlari bergan ma'lumotlardan ma'lum bölgan. Ularga 26 avgustdan Android Pay orqali tölovlarni qabul qilişga tayyor turişlari uqdirilgan. Yöriqnomada körsatilişiça, McDonald's xodimlari Apple Pay’dek amallarni bajarişlari lozim. Google odatda yirik yangiliklarni çorşanba kuni çop etişi ham Android Pay 26 avgustdan işga tuşirilişi foydasiga gapirmoqda.
Android Pay tizimi Apple Pay kabi özidan ma'lumotlarni uzatiş NFC texnologiyasi yordamida tölov terminallari bilan işlovçi virtual bank hisob raqamini aks ettiradi.






