Qozoğistonlik işlab çiqaruvçilarning savdo vakillari 2015 yil 17 sentabr kuni Özbekistonga keladi. Bu haqda Qozoğiston Respublikasi Investitsiyalar vazirligining Eksport va investitsiyalar milliy agentligi — KAZNEX INVEST xabar qildi.
KAZNEX INVEST Özbekistonga taşrifni Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda taşkil etadi.
Delegatsiya tarkibidan maşinasozlik, kimyo, quriliş, farmatsevtika, oziq-ovqat, metallurgiya sohalarining 20ta işlab çiqaruvçisi vakillari örin olgan.
Taşrif jarayonida Özbekistonning ulgurji savdo va distribyutorlik kompaniyalari bilan mahsulotlarni yetkaziş töğrisida muzokaralar olib boriladi. Şu bilan bir qatorda, qozoq mahsulotlarini röyxatdan ötkaziş va Özbekistonning davlat xaridlarida Qozoğiston kompaniyalarining iştirokini ta'minlaş böyiça davlat taşkilotlari bilan muzokaralar olib boriladi.
Mazkur taşrif KAZNEX INVESTning Toşkentda ötkazgan ikkinçi şu körinişdagi tadbiri hisoblanadi. Birinçi savdo missiyasi çoğida 16ta Qozoğiston kompaniyasi iştirok etib, 7 million dollarlik şartnomalar imzolangan edi.
Qozoğiston savdo vakillari Özbekistonga keladi
20:16 / 25.08.20152 6091 min






