25 avgust kuni Moskva viloyatidagi Jukovsk şahrida Xalqaro aviatsion-kosmik saloni – MAKS-2015 start oladi. Tadbir 30 avgustga qadar davom etadi.

Tadbirning birinçi kunida aviasalonga Rossiya prezidenti Vladimir Putin taşrif buyuradi. U aviatsion körgazmani közdan keçirib, mahalliy va xorijiy işlanmalar va loyihalarga baho beradi.
MAKS dunyoning şu turdagi eng yirik tadbirlaridan biri bölib, 1993 yildan buyon ötkazib kelinadi. Undan közlangan asosiy maqsad – Rossiyaning yuqori texnologiyalarini namoyiş etiş va mahalliy bozorning qöşma loyihalarga oçiqligini körsatiş.

Aytilişiça, 2015 yilgi MAKSda 25 davlatdan taşrif buyurgan 150 kompaniya iştirok etadi. Ular qatorida Avstriya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Şveytsariya, Fransiya kabilar bor.
Tadbir taşkilotçilari – Rossiya sanoat va savdo vazirligi, Rostex davlat korporatsiyasi, “Aviasalon” OAJ, boş homiylari – “Rosoboroneksport” va VTB banki, homiylari – “Rossiya vertolyotlari” va Taşqi iqtisodiy aloqalar banki.