Özbekiston mustaqilligining 24 yillik bayrami arafasida Termiz şahridagi “NOVA PHARM” mas'uliyati çeklangan jamiyati şaklidagi Özbekiston-Hindiston qöşma korxonasining ikkinçi bosqiçi foydalanişga topşirildi. Bu haqda UzA xabar bergan.
Termiz şahrida “NOVA PHARM” Özbekiston-Hindiston qöşma korxonasining dastlabki bosqiçi işga tuşirilganiga tört yil böldi.
Korxonaning ikkinçi bosqiçida sifatli va noyob kukun, şifobaxş damlama hamda turli siroplar işlab çiqariladi.
Xabar qilinişiça, kelgusida viloyatda ösadigan turli giyohlardan tabiiy dori vositalari işlab çiqariş yölga qöyiladi. Bir martalik şpritslar işlab çiqaradigan texnologik uskunalar örnatiladi. Işlab çiqarilişi yölga qöyiladigan infuzion, in'yektsion eritmalar mazkur dori vositalarini xorijdan olib kelişga töliq barham berib, hatto çetga eksport qiliş imkoniyati yaratiladi. Viloyatda ösadigan şifobaxş giyohlardan foydalaniş işlab çiqariladigan dori vositalarining tannarxi arzon bölişini ta'minlaydi.






