Afğoniston janubida afğon askari kiyimidagi jangari NATOning 2 nafar askarini otib taşladi. Bu haqda Agence France-Presse xabar bergan.
Ayni vaqtda bu hodisa uçun javobgarlikni heç qaysi taşkilot öz zimmasiga olmagan.
Xabar qilinişiça, bu voqea Ğilmon viloyati hududida sodir bölgan.
NATO öz askarlarining Afğoniston hududida öldirilganini tasdiqlagan.
Qayd etilişiça, hujum qilgan jangarining özi ham öldirilgan.






