Suriya prezidenti Başar Asad öz mamlakati Rossiya tomonidan Yaqin Şarqdagi siyosiy inqiroz holatida qöllab-quvvatlanganini ta'kidladi va bu davlatga işonç bildirişda davom etişini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti naşri xabar bergan.

"Rossiyaga işonç darajamiz yuqori darajada. Ular siyosiy tanglik holatida bizning tarafdorimiz sifatida harakat qilmoqda. Özaro aloqalarimiz mustahkam holatda", deydi Başar Asad.
Uning sözlariga köra, Rossiya Suriya hukumatining öz xalqi bilan munosabatlariga xalal bermaydi va içki işlariga aralaşmaydi.

Biroz oldinroq, Rossiya Başar Asadning iste'foga çiqarilişini ma'qullamasligini bildirgandi.