Amerikalik stomatolog tomonidan Sesila laqabli maşhur şer otib taşlanişi tufayli dunyoga tanilgan Zimbabvening Xvang milliy boğida Nksaxa laqabli şer yölboşlovçining hayotiga zomin böldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Boğ ma'muriyatining ma'lum qilişiça, yölboşlovçi jonivorlar şarpasini sezganidan söng şerlar qönalğasiga yaqinlaşgan. Uni payqagan erkak şerlardan biri ekskursovodga taşlanib, qattiq jarohatlagan. Oqibatda yölboşlovçi hayotdan köz yumgan.
Avvalroq Zimbabve prezidenti Robert Mugabe mamlakat aholisi qarşisida sözga çiqib, mamlakat ramzlaridan biriga aylangan Sesila şerining ölimiga sabab bölgan “xorijlik vandallar”ni tanqid qilgan edi.






