Facebook kompaniyasi özining Messenger xabarlar xizmatida “M” deb nomlangan şaxsiy yordamçini işga tuşirdi, deya xabar berdi Wired.

“U boşqa yordamçilar bajara olmaydigan vazifalarni ham ado etadi, – dedi Facebook kompaniyasining xabarlar xizmati böyiça vitse-prezidenti Devid Markus. – Vazifalarni bajarişda “M” sun'iy intellektiga real şaxslar qöşimça ravişda kömak berib turadi”.

Ma'lumot uçun, Siri, Google Now va Cortana messenjerlari intellektual algoritmlardan foydalanadi, Magic va TaskRabbit esa matnli savollarga javob yöllovçi operatorlarni yollaydi. “M” — gibrid: restoranga joy buyurtma beriş yoki tuğilgan kunga sovğa tanlaşda sun'iy intellekt yordamga keladi, boşqa savollarga Facebook xodimi ham javob berişi mumkin.