Aviakompaniyalarga provayderlik xizmatlarini körsatuvçi GoGo kompaniyasi ma'lumotlarni uzatiş texnologiyasining yangi avlodini sinovdan ötkazişni boşlaşini ma'lum qildi.

Ayni paytda samolyotlar bortida ma'lumotlarni uzatiş tezligi 4 Mbit/c dan oşmaydi, çunki samolyotlar internetga ulanişda yerdagi raidominoralardan foydalanadi. Kompaniyada internetga sun'iy yöldoşlar orqali kiriş usulini işlab çiqişdi. Bu usul yordamida prognoz qilinayotgan ma'lumotlar uzatiş tezligi 70 Mbit/c gaça yetişi mumkin.

Texnologiyani yettita aviakompaniya ma'qulladi. Ular öz samolyotlarini bu texnologiya asosida 2016 yildan modernizatsiya qilişni boşlaydilar. Bungaça esa GoGo sinovlarni yakunlab, texnologiyadagi barça kamçililarni bartaraf eta olişi mumkin böladi.