Sentyabr oyida Nyu-Yorkda BMT Boş assambleyasining yubiley 70-sessiyasi doirasida Rossiya va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin va Barak Obamaning yöllari tutaş kelişi mumkin. AQŞ Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo işlari böyiça yordamçisi Viktoriya Nuland bunday ehtimol mavjudligini aytdi.

Nuland AQŞ va Rossiya yetakçilarining BMT Boş assambleyasi sessiyasi davomida ehtimoliy uçraşuvlari haqida heç qanday rasmiy ma'lumotlarga ega emasligini aytdi. “Hozirça bu borada men heç narsa ayta olmayman. Şak-şubhasiz bu xususda qarorni AQŞ Davlat departamenti emas, balki Oq uy qabul qiladi”, deya izoh berib ötdi Nuland.

Biroq Nulandning aytişiça, Obama sessiya doirasida bir qator köptomonlama tadbirlarda iştirok etadi. “Ulardan ba'zilarida Obama va Putin bir-biri bilan töqnaş kelişi mumkin”, deb ta'kidlamoqda Nuland.