Rossiya Ukraina qarzini restrukturizatsiya qilişda iştirok etmaydi, deb xabar beradi Bloomberg agentligi. Rossiya moliya vaziri Anton Siluanovning sözlariga qaraganda, qarzlar töla hajmda tölanişi kerak.

Ilgariroq Ukraina asosiy kreditorlari bilan qarzning 20 foizini öçirişga kelişib olgani, bu mamlakat qarzlarini 3.6 mlrd dollarga qisqartiriş imkonini berişi aytilgan edi. Kiyev Rossiyani ham, boşqa kreditorlar bilan bir qatorda, qarzni restrukturizatsiya qilişning şu şartlariga könişga çaqirdi. Ammo Rossiya qarzlardan voz keçişni istamayapti.

2013 yil oxirida Rossiya Ukrainaning yevrobondlarini 3 mlrd dollarga sotib olgan edi. Bu qarz dekabr oyida yopilişi kerak.
Ukraina keyingi 4 yil davomida taşqi qarzlarni tölaşda 15 mlrd dollar tejaşi va 2020 yilga kelib YaIM böyiça qarzdorlikni 71 mlrd dollarga qisqartirişi kerak. Xalqaro valyuta jamğarmasining kredit dasturlari şartlari şuni közda tutadi.