Yevropa ligasi pley-off bosqiçining javob uçraşuvida “Krasnodar” jamoasi Xelsinkida mahalliy “XIK” bilan durrang natija qayd qildi.
Uçraşuv unça ham tomoşabop çiqmadi va xafvli imkoniyatlarga boy bölmadi. Krasnodarliklar öyin borişini nazorat qilişdi va bir hafta avval öz uylarida erişgan yirik hisobni uşlab qolişga muvaffaq bölişdi. Birinçi uçraşuv 5:1 hisobida Rossiya vakillari foydasiga hal bölgandi.
Uşbu ğalaba evaziga Oleg Kononov şogirdlari Yevropa ligasining guruh bosqiçida iştirok etadigan böldilar.
"Krasnodar" vakili, özbekistonlik futbolçi Odil Ahmedov uçraşuvning boşidan oxirigaça maydonda harakat qildi.
Yevropa ligasi. Pley-off bosqiçi. 2-uçraşuv
XIK (Xelsinki, Finlyandiya) – Krasnodar (Krasnodar, Rossiya) – 0:0
Ogohlantirişlar: Şuller, 36; Mendi, 44 – Torbinskiy, 69; Yenjyeyçik, 90+1.






