Pekinda davom etayotgan yengil atletika böyiça jahon çempionatining navbatdagi kun dasturidan örin olgan bellaşuvda erkaklar örtasida 200 metrga yuguriş böyiça poyga ötkazildi.
Uşbu bahs kutilganidek, yamaykalik sprinter Useyn Boltning ğalabasi bilan yakunlandi (19.54 soniya). E'tiborlisi, Bolt uçun bu öninçi çempionlik böldi. AQŞ vakili Jastin Gatlin bu gal ham ikkinçi örinda qolib ketgan bölsa, JAR terma jamoasi a'zosi kuçli uçlikni yakunlab berdi.
Eng qiziği, Bolt ğalabasini muxlislar davrasida nişonlayotgan payt böldi. Useynni suratga olib kelayotgan tasvirçi atayin qildimi yoki behosdan borib Boltning ortidan urdi va kiçik töqnaşuv natijasida ikkisi ham yiqilib tuşdi. Hayriyatki, hek kimga ziyon yetmadi. Voqeadan xafa bölmagan 10 karra çempion ğalabasini nişonlaşda davom etdi.
"I just slipped ref!" http://t.co/cZY9QD1xnP
— Copa90 (@Copa90) 27 avgusta 2015What a challenge!!! #Beijing2015 #Bolt (via @BreatheSport) pic.twitter.com/LNiGZ2QAYa
— Copa90 (@Copa90)
Manba:






