Apple jurnalistlarga 9 sentabrda bölib ötadigan tadbirga taklifnoma tarqatdi. AQŞ korporatsiyasi deyarli şu tariqa yangi iPhone modeli va boşqa yangi qurilmalarning taqdimoti sanasini e'lon qildi.

Apple ikkita yangi iPhone modeli – iPhone 6S va iPhone 6S Plus smartfonlarini taqdim qiladi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi. Agentlik bunda AQŞ korporatsiyasi tomonidan San-Frantsiskoda ötkaziladigan tadbirga taklifnomalar jönatilganiga asoslanmoqda.

Ötgan haftada iPhone 6S va iPhone 6S Plus smartfonlari 18 sentabrdan sotuvga çiqarilişi ma'lum bölgandi. Smartfonlar dastlab AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiyada sotuvga çiqariladi.

Xitoyning Daliulian ijtimoiy tarmoğida ham ötgan haftada yangi iPhone’ deb iddao qilinayotgan smartfon surati paydo bölgan edi, 26 avgustda esa dunyodagi eng yirik operator China Telecom’ning ijtimoiy media departamenti menejyeri yangi qurilmaning ba'zi detallari haqida ma'lumot berdi. Uning aytişiça, yangi iPhone 6S oldingilaridan tubdan farq qilmaydi.

Yangi smartfonlarda Apple A9 protsessori işlatiladi, qurilma yaxşilangan kamera, 2 Gb tezkor xotira bilan butlanadi, ekranda esa Force Touch (tegiş va bosiş örtasida farqni seziş) imkoniyati paydo böladi. Hozirda bu texnologiya Apple Watch soatlarida işlatilmoqda.