Özbekiston milliy valyutasi – söm kursi avgust oyi davomida mustahkamlanib bordi, deb xabar beradi markaziy bank matbuot xizmati.
Oy boşidan buyon unga nisbatan rublning rasmiy kursi 11 foizga tuşdi. 1 rubl 44.37 sömdan 39.89 sömga tuşdi.
“Özbekiston taşqi savdo aylanmasida birinçi örinni egallaydigan davlat milliy valyutasining keskin qadrsizlanişi Rossiya bilan savdo munosabatlarining rivojlanişiga ta'sir ötkazmasligi mumkin”, - ta'kidladi Central Asia Investments tahlilçisi Ilxat Tuşev.
Rossiyaning Özbekistonga eksporti strukturasida 60 foizlik uluşni maşinasozlik kompleksi mahsulotlari egallaydi. Özbekistonning Rossiyaga eksportida esa bu sektor 8-10 foizni taşkil qiladi. Tuşevning fikriça, bunday disproporsiya Özbekiston iqtisodiyotiga Rossiya moliya bozoridagi valyuta beqarorligi ta'siridan çetda turiş imkoniyatini beradi.






