Bugun Monako şahridagi Grimaldi Forum anjumanlar saroyida Yevropa Çempionlar ligasi musobaqasining 2015/2016 yillar mavsumi uçun qur'a taşlaş marosimi bölib ötdi.
Dastlab, bu bosqiçga yetib kelgan 32ta jamoa nomlari yozilgan şarlar oltitadan 4ta savatçaga joylaştirildi va yakunda sakkizta guruhni hosil qilişdi.
Marosimda dastlab odatdagidek UYeFA boş kotibi Janni Infantino sözga çiqdi va qoidalar bilan taniştirdi.
Qayd etiş kerakki, yangi qoidaga köra yangi mavsumda ötgan yili Yevropa ligasi ğolibi bölgan "Sevilya" ham YeÇLda töğridan-töğri iştirok etadi. Bu orqali guruh bosqiçida ispan jamoalari soni 5taga yetgan ("Barselona", "Real", "Atletiko", "Valensiya" va "Sevilya"). Şuningdek, Rossiya va Ukraina jamoalari bitta guruhdan joy olmaydi.
Savatçalardagi şarçalarni "Milan" va "Inter" afsonalari Paola Maldini hamda Xaver Zanetti tortib, guruhlarning qay körinişda şakllanişida iştirok etişdi.
Guruh bosqiçining dastlabki turi 15-16 sentabr kunlari, oxirgi tur öyinlari esa 8-9 dekabr kuni bölib ötadi.
Qur'a natijalari bilan tanişing:
"A" guruhi - PSJ, «Real», «Şaxtyor», «Malme».
"B" guruhi - PSV, «Mançester Yunayted», TsSKA, «Volfsburg»
"C" guruhi - «Benfika», «Atletiko», «Galatasaroy», «Astana».
"D" guruhi - «Yuventus», «Mançester Siti», «Sevilya», «Borussiya» (Menxengladbax).
"E" guruhi - «Barselona», «Bayyer», «Roma», BATE
"F" guruhi - «Bavariya», «Arsenal», «Olimpiakos», «Dinamo» (Zagreb)
"G" guruhi - «Çelsi», «Portu», «Dinamo» (Kiyev), «Makkabi»
"H" guruhi - «Zenit», «Valensiya», «Lion», «Gent»

Final öyini 2016 yilning 26 may kuni Milandagi «Djuzeppe Meatstsa» öyingohida ötkaziladi.






