Bugun Monako şahridagi Grimaldi Forum anjumanlar saroyida Yevropa Çempionlar ligasi musobaqasining 2015/2016 yillar mavsumi uçun qur'a taşlaş marosimi bölib ötdi. Marosimdan avval ötgan mavsumning eng çiroyli goli (Messi tomonidan "Bavariya darvozasiga urilgan gol) va ötgan mavsumning eng çiroyli seyvi (Ter Ştegenning "Bavariya" bilan öyindagi seyvi) aniqlandi.
Marosimdan söng esa, Yevropadagi 54 mamlakat vakillari bölgan 54 nafar jurnalist bergan ovozlar asosida aniqlangan yevromavsumning eng yaxşi öyinçisi nomi e'lon qilindi.
Bu nom uçun da'vogarlar soni uç nafar bölib, ular "Barselona" hujumçilari Lionel Messi va Luis Suares bilan birgalikda "Real" futbolçisi Kriştianu Ronaldu hisoblanayotgandi.

Ovozlar natijalariga köra, bu safar Lionel Messi Yevromavsumning eng yaxşi öyinçisi böldi.

Qayd etiş kerakki, 2011 yilda joriy qilingan bu sovrin şu vaqtgaça 4 marta 4 futbolçiga topşirilgandi. 2011 yilda ham bu sovrinni qölga kiritgan argentinalik futbolçi esa ikkinçi marta yevromavsumning eng yaxşi öyinçisi sifatida e'tirof etildi. Unga bu safar asosiy raqib bölgan Ronaldu esa 2014 yilda şunday mukofot bilan taqdirlangandi.